
"Shabab Al-Ahli" - "Al-Nasr": 1:1! (matnli translyatsiya)
Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Hamyurtlarimiz to‘p suruvchi "Shabab Al-Ahli" klubi hamda "An-Nasr" jamoalari o‘rtasidagi BAA Prezidenti Kubogi final bahsiga xush kelibsiz. O‘yinni saytimiz orqali matnli ko‘rinishda kuzatib borishingiz mumkin.
82' GOOOOOOOOOOOOLLL!!! "Al-Nasr" hisobni tenglashtirdi! Obaid Mohanad gol muallifi!
76' Hassan Majid o‘rniga Al Naqbi o‘yinni kuchaytirishga harakat qiladi.
73' Muhammed Husain o‘rniga Hamis o‘yinga qo‘shildi.
72' To‘p nazorati bo‘yicha kichik ustunlik "Shabab Al-Ahli" tomonida.
70' Navbatdagi o‘zgarish: Valentini Gabriel o‘rniga Balooshi Abdulla o‘yinni kuchaytirish uchun maydonga tushdi.
68' "Al-Nasr"da o‘zgarish: Fardan Abdulla o‘rniga Kaiku de Silva o‘yinga qo‘shildi.
66' Dubayliklar ustunlikni sekin-asta o‘z qo‘liga oldi.
64' Masharipovning jarima maydonchasi chizig‘i ustidan bergan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi! Ajoyib seyv!
62' "Al-Nasr" a’zosiga sariq kartochka ko‘rsatildi. Palapartish vaziyatda uning kimligini ham ilg‘ab olish qiyin bo‘ldi. U Tagliabu ekan.
60' Ustunlik sekin-asta "Al-Nasr" tomonga o‘tmoqda. Hisobni tenglashtirib olish ularning ayni damdagi asosiy maqsadi.
57' Hamrobekov raqibi bilan to‘qnashib ketdi. Bosh hakam dubayliklar foydasiga jarima zarbasi belgiladi.
56' "Shabab Al-Ahli" burchak to‘piga ega chiqdi. Jaloliddin Masharipov to‘pni o‘yinga kiritib beradi.
54' To‘p maydon markazida bo‘lib qolmoqda. Ikkala klub ham bexato o‘ynashga hamda raqibni o‘tkazib yubormaslikka urinishmoqda.
51' O‘yin bir tempda davom etmoqda. Jamoalar to‘p uchun maydonning har bir qarich erida kurash olib bormoqda.
49' Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. Pozitsion hujum yuzaga kelishi mumkin.
48' Burchakdan to‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib beradi.
47' Ikkinchi bo‘limni tezkorlik bilan boshlab olgan "Al-Nasr" hujumini xavfli zarba bilan yakunladi, darvozabondan seyv.
46' Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45' Futbolchilar maydonga qaytishmoqda. Biz ham qaytamiz!
45' Birinchi bo‘lim yakunlandi! Tanaffus.
44' GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! "Shabab Al-Ahli" hisobni ochdi! Federiko Kartabiya gol muallifi. "Al-Nasr"ning xatosi o‘ziga qimmatga tushdi!
43' Penalti! "Shabab Al-Ahli" foydasiga!
43' O‘ng qanot o‘ta faol. "Shabab"ga bu ustunlik berishi mumkin.
40' Jarima zarbalari soni bo‘yicha ustunlik "Al-Nasr"da.
38' O‘yin ustunligi endi "Shabab Al-Ahli" tomonga ko‘chdi. Maydon markazida to‘p uchun kurash kuchli.
36' Burchak to‘pini Masharipov o‘yinga kiritib berdi, xavfli vaziyat, biroq himoyachilar o‘z o‘rnida.
34' Darvozabon Nosir Majid jamoasining joniga oro kirdi, uning mahorati hozir "Shabab"ni goldan saqlab qoldi!
31' Himoyachilarning faol harakatlari bois to‘p uzoqlashtirildi. Dubayliklar pozitsion hujum uyushtirishda davom etadi.
30' Burchakdan to‘pni "Al-Nasr" a’zosi o‘yinga kiritib beradi.
28' O‘yinda hozircha tenglik. Jamoalar turli jabhalarda bir-biridan o‘zishga harakat qilmoqda, to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik "Shabab Al-Ahli"da, zarbalar bo‘yicha ustunlik "Al-Nasr"da.
26' Jarima maydoni tashqarisidan turib berilgan zarbaga aniqlik etishmadi. To‘pni "Shabab" darvozaboni o‘yinga kiritadi.
24' Masharipovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi.
23' Burchakdan to‘p havolatib uzatib berildi, bosh bilan berilgan zarbani esa darvozabon Nosir Majid qiyinchilik bilan bartaraf etdi.
22' "Al-Nasr" ham burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib beradi. Dubayliklar jarima maydoni ichida palapartish vaziyat.
20' Burchak to‘pidan so‘ng xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. Qarshi hujum ko‘rishimiz mumkin.
19' "Shabab Al-Ahli"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumi burchak zarbasi bilan yakunlandi.
17' Nominal mehmonlar jarima maydonchasi yaqinida fol ishlab olishdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin. Ma’lumot uchun, ular hali bironta aniq zarba yo‘llashgani yo‘q.
15' Maydon markazida "Al-Nasr" futbolchilari pozitsion hujum uyushtirish bilan band. Raqib xatosi poylanmoqda.
13' Hamrobekovning uzatmasidan so‘ng "Shabab" a’zosi to‘pni darvozaga yo‘lladi, darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi.
11' Yaqqol ustunlik dubayliklarda. To‘p nazorati 65:35!
9' "Al-Nasr"ning ilk uyushtirgan hujumi noaniq zarba tufayli chippakka chiqdi. Darvozabon to‘pni o‘yinga kiritib beradi.
7' karlosning zarbasiga aniqlik etishmadi.
5' O‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumni Masharipov zarbasi bilan yakunladi, darvozabondan ajoyib seyv!
3' "Shabab Al-Ahli" ilk daqiqalarni ustunlik bilan boshladi. Qanotlar faol.
1' Uchrashuv boshlandi!
0' Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. Madhiya yangradi.
Fikrlar