Shahboz Umarov: Qisqacha aytaman, ertaga yutamiz

  • 17 yanvar, 2024, 23:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan terma jamoamiz rasmiy mashg‘ulot olib bordi. Mazkur yig‘in vaqtida Shahboz Umarov jurnalistlarning bergan savollariga javob berdi. 

Tecno

"Qichqacha aytaman, ertaga albatta yutamiz. Boshqa variantimiz ham yo‘q. Faqat g‘alaba qozonishimz kerak, bo‘ldi. Guruhda qolib ketsak yaxshi ish bo‘lmaydi. 

Murabbiy ertangi o‘yinga tayyorgarlik davomida asosiy e’tibor nimaga qaratilyapti? Taktikagami, yoki ruhiy tomondan tiklanishgami?

Biz bilamiz, kim qanaqa o‘ynaydi va buni yana ham o‘rganib chiqyapmiz. Suriyaani ham ko‘rdik, mana endi Hindiston. Ular 10 kishi bo‘lib yotib olgan holda o‘ynaydi. Murabbiylar taktik tomondan bu himoyani yorib o‘tishni o‘rgatishyapti. Ertaga hujumkor futbol ko‘rsatiishga harakat qilamiz. 

Amerikada bo‘lib o‘tgan yig‘inda viza chiqmay qoldi, Xitoydagi yig‘in paytida jarohatim bor edi degandingiz. Hozir jarohatingiz yo‘qmi?

Yo‘q, hozir jarohatim yo‘q. Hammasi joyida. 

Hindistonning eng kuchli jihatlari nimalarda ko‘rildi tahlil davomida?

Ular asosan himoyadan o‘ynashadi. Oldinda 2-3ta futbolchi qoladi, qolganlar orqaga yotib oladi. Asosan qarshi hujumda o‘ynaydi. Biz shu jihatini ko‘rdik. 

Bugun Hindiston bosh murabbiyi matbuot anjumanida ertaga biz hujumkor tarzda o‘ynaymiz deb aytdi. Bu chalg‘itishmi?

Endi bilmadim, rosti. Qanday taktikada o‘ynashidan qat’iy nazar biz ertaga g‘alaba uchun o‘ynaymiz", - dedi "Ordabasi"da o‘ynayotgan legionerimiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
18/01/2024 11:34
Jahon chempionati 2010 Shok İspaniya ilk turni maglubiyat bilan boshladi İspanlar Shvetsariyaga 0-1ga maglub boldi...kopchilik OAV vakillaru 2008nchi yilgi Europa kubogi ispanlarga ogirluk qildi deya baholashdi lekin akalda ispani jahon chempioni 2022 argentina saudiyaga 0-1lik maglubiyat bilan boshladi yana osha Giybatchi kolidan pok kelmaydigan OAV vakillari Argentinani pas baholashdi messinin jahon chempioni bololmasligini yozishdi amalda esa hammasini tiliniyam kotiniyam tishlashga majbur qildi bu faqat yodimda qolgani...Uzbekistan terma jamoasi ja chempion bololmas lekin jamoa oyinida mazmun bor avallari babayan abramov davridagi jamoa oyinida na mazmun bor edi na mano
Rasul M
18/01/2024 11:29
1ncidan raqibni mensimaslik bu yaxshimas 2dan Jurnalistla nima sila aygokchimisla harkim bilan intervyu oldingiz faqat hammaga osha birhil savollar ertaga nima qilasiz qanaka oynaysizlar...3dan murabbiy tayinlandi oliy maqsad Jahon chempionatiga chiqish qoyilgan bolsa xali ilk turdanok Katanes xato qildi u qildi bu qildi...a ja shunaqa aqilli ekansila Federatsiya ja ovora bolib murabbiy qidiryatgan paytda nega oz nomzodinlani ilgari surmadilarin Murabbiy tayinlangan bolsa hatto osha murabbiy Jahon chempionatiga katnashgan bolsa borgan joyida tuzukrok ishlagan bolsa otiringlarda kotinglarni qisib
&
998913335306
18/01/2024 08:46
Ракибни менсимаслик ёмон окибатга олиб келади.
&
Тўлқин Хайит
18/01/2024 08:05
Ҳиндистон 11 киши бўлиб дарвозага ётиб олса ҳам ютишларинг керак, бошқа йўл йўқ.
ишбобоев жума
17/01/2024 23:32
Олга Узбекистон!!!