Shahobiddin Zoirov Rossiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

  • 26.07.2019 18:19
  • 0
  • Boks

28 iyul - 3 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasi, Dog‘iston Respublikasining Kaspiysk shahrida boks bo‘yicha Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bag‘ishlangan 21-Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turnirda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishadi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi turnirda quyidagi tarkibda qatnashadi:

-52 kg: Abrorjon Qodirov

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-56 kg: Abdulhay Shorahmatov

-60 kg: Otabek Xolmatov

-64 kg: Bobirmirzo Tolibov

-69 kg: Jahongir Rahmonov

-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov

-75 kg: Akmurod Gafforov

-81 kg: Shohruxbek Rustamov

+91 kg: Lazizbek Mullajonov

Murabbiylar: Rustam Saidov, Quldoshboy Tojiboev, Alisher To‘ychiev.

Fahriddin O‘rakov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!