Shohasan Mirzamatov chempionlik jangida ishtirok etadi!

  • 06.06.2025 03:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

6 iyul kuni Toshkent shahridagi muhtasham Humo arena majmuasida "Octagon 75" turniri o‘tkaziladi.

Ahamiyatlisi, kechaning asosiy to‘qnashuvida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov (15-4) ham ishtirok etib, yarim o‘rta vaznda amaldagi chempion, qozog‘istonlik Georgiy Kichigin(32-10)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi jangida Mirzamatov 1-raundda Abilkasim Yakubovni texnik nokautga uchratgan bo‘lsa, Kichigin 2-raundda Saidotaxon Nuriddinovni sabmishn evaziga taslim etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!