Shohjahon Ergashevning jangi yakunlandi. Bu safar....

  • 27 may, 2022, 07:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) o‘z faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev Amerika Qo‘shma Shtatlari Michigan shtatida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida ringga ko‘tarildi. Argentinalik Luis Alberto Veronga qarshi 8 raund etib belgilangan jang to‘liq davom etdi va unda Ergashev raqibi ustidan 79-70 hisobida g‘alaba qozondi. Shuni qayd etish kerakki, Veron hali nokaut evaziga mag‘lub bo‘lmagan. 

Tecno

Ushbu g‘alabadan so‘ng, 30 yoshli Ergashevning janglar statistikasi 22-0 (19 KO) ko‘rinish olgan bo‘lsa, 29 yoshli Veronning rekordi 19-4-2 (9 KO) ga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!