Shomurodov Evropani zabt etishga yo‘l olgan o‘zbek futbolchisiga katta baho berdi

  • 6 avgust, 2023, 22:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Eldor Shomurodov bugungi kunda O‘zbekistonning eng mashhur futbolchisi hisoblanadi. 28 yoshli hujumchimiz o‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham Evropaning eng kuchli chempionatlarida o‘ynay olishini amalda ko‘rsatib berdi.

Bugungi kunda kuchli beshlik ligalarida Eldordan tashqari Abduqodir Husanov ham o‘ynaydigan bo‘ldi. 19 yoshli himoyachimiz Frantsiya vitse-chempioni “Lans” safiga qo‘shildi.

X22EFZ16902572525834_l

Yurtimizda top-ligalarda o‘ynay olish qobiliyatiga ega yangi avlod futbolchilari tarbiyalanmoqda. Ular uchun Rossiya, Belarus, Turkiya chempionatlari “ko‘hna-qit’a”ning kuchli ligalariga yo‘l ochib beradigan musobaqaga aylanib bormoqda.

Ilgari xorij chempionatlariga asosan futbolchi sifatida to‘liq shakllanib bo‘lgan futbolchilarimiz ayni kuchga to‘lgan paytida yo‘l olgan bo‘lsa, bugungi kunda katta futbolga endi qadam qo‘ygan yosh o‘yinchilar ham legioner maqomini olishga cho‘chimayapti.

Faoliyatini Rossiya Premer-ligasining TsSKA klubida davom ettirishga qaror qilgan Abbosbek Fayzullaev ana shunday shijofatli yosh futbolchilardan. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan 19 yoshliujumkor futbolchi o‘zboshimchalik qilgani yo‘q. U legioner maqomini olishdan oldin xorijda to‘p tepish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan Eldor Shomurodov bilan maslahatlashdi.

Bu transfer amalga oshganidan keyin Eldor Shomurodov yosh o‘yinchi Abbosbek Fayzullaevning TsSKAga o‘tganiga munosabat bildirdi.

- TsSKA O‘zbekistondagi yosh futbolchilar avlodining eng yaxshi vakillaridan birini qo‘lga kiritdi. Abbosbek juda yorqin o‘yinchi. Shuningdek, yaxshi ta’lim va tarbiya ko‘rgan yigit. Futbolchi sifatida haqiqiy professional.

Tabiiyki, unga yangi muhitga moslashishi uchun muayyan vaqt kerak bo‘ladi. Lekin men Fayzullaev o‘z o‘yinlari bilan muxlislarni xushnud etishiga aminman, - dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va “Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov.

uzb_tjk_sports_uz-59

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodovning o‘zi ham Evropa kuchli chempionatlariga yo‘lni Rossiya Premer-ligasidan boshlagan.

Yurtimizda “Mash’al” va “Bunyodkor” jamoalarini sharafini himoya qilgan Eldor 2017 yilga kelib, Rossiya Premer-ligasining o‘rtamiyona jamoasi “Rostov” bilan shartnoma imzoladi.

Hujumchimiz uch mavsum davomida o‘z salohiyatini oshirib keldi. Nihoayat, 2020 yilning oktyabr oyida o‘z maqsadiga etib, Evropaning kuchli besh ligasidan biri – A Seriyaga ko‘chib o‘tdi. Italiyaning eng qadimiy jamoasi – “Jenoa” o‘zbek hujumchisi uchun jami 9 million evro to‘lab, uni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Debyut mavsumida to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatgan Shomurodovni taniqli murabbiy Joze Mourino grand klub – “Roma”ga olib ketdi. Bu jamoa safida hamyurtimiz Evropadagi ilk sovrini UEFA Konferentsiyalar ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan mavsumni ijara asosida “Spetsiya”da yakunlagan Shomurodov yangi mavsumda yangi chaqiruvni qabul qildi va mashhur murabbiy Klaudio Raneri boshqarayotgan “Kalyari”ga yordam berish maqsadida Sardiniya klubiga ko‘chib o‘tdi.

363356988_830894138397941_1529027445395166799_n

Abbosbek Fayzullaev uchun ham Rossiya Premer-ligasi Evropaning top-chempionatlariga yo‘l ochib beruvchi tramplin bo‘lishini tilab qolamiz. Bu futbolchimizga ham Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov yo‘lini bersin.

Fayzullaev TsSKA vakillariga qaysi pozitsiyalarda o‘ynashini aytdi

“Lans” rejasi o‘zgardi: Husanovga atalgan joyda endi boshqa himoyachi o‘ynaydi

Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” muxlislari Shomurodov debyuti haqida nimalar deyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

TsSKA mazza qiladi: Fayzullaevning kuchli tomoni ko‘p, kamchiligi esa...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Гайрат Гадаев
05/08/2023 17:40
Яна уша бир хил гаплар уяте.
..
&
Бахриддин М.З.
07/08/2023 07:47
Захирада ўтириш бўйича ЭНГ машхур деб айтса тўғрироқ бўларди