Shomurodov gol urmasa bo‘lmaydi...

  • 10 oktabr, 2024, 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Evropa ligalarida FIFA kunlari munosabati bilan ikki haftalik tanaffus e’lon qilinganidan foydalanib, turli tahlillar natijalari e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot o‘rnidan ta’kidlash lozimki, A Seriyadan jami 179 nafar futbolchi o‘z mamlakatlari  terma jamoalariga qo‘shilgan. Eng ko‘p futbolchi jo‘natgan klublar “Roma” va “Milan” bo‘lib turibdi. Bu klublardan 15 nafardan o‘yinchi xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etish uchun ketgan.  

Italiya futbolini tahlil qilayotgan manbalar Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoalar orasida “Roma”ning samaradorligi sezilarli darajada past ekaniga e’tibor qaratdi.

Ana shunday manbalardan calciomercato.com portali eksperti Daniele Aloizi Rim klubi hujum chizig‘idagi vaziyatni o‘rganib chiqib quyidagi tahlillarni mxlislar e’tiboriga havola etdi.

- Mavsum boshi “Roma” uchun barqaror bo‘lgani yo‘q. Zo‘r o‘yinlar qatori o‘ta zerikarlilarini ham ko‘rdik, o‘sish ham, pasayish ham bo‘ldi. Bosh murabbiy vazifasidan Daniele De Rossining olinib, uning o‘rniga Ivan Yurichning kelgani ham kutilgan samarani bermadi.

“Roma” ochko olish uchun gol urishni o‘rganishi kerak. “Bo‘rilar” dastlabki etti turda atigi sakkizta to‘p kiritdi. Ko‘rsatkich ijobiy emas. Hujum chizig‘idagilarga e’tiroz ko‘p, faqatgina Artyom Dovbik vazifasini uddalayapti.

Ukrainalik futbolchi uchta – jamoasi gollarining deyarli yarmiga mualliflik qildi. Ivan Yurichning o‘zi ham hujumdagi samaradorlikni oshirish kerakligini e’tirof etdi .

Faktlarga e’tibor qaratilsa, “Roma” darvoza tomon yo‘llangan zarbalar soni bo‘yicha ligada etakchi. Ular 117 marotaba zarba bergan. Lekin darvozaga to‘g‘ri etib borgan zarbalar 37 tani tashkil qiladi.

“Roma” faqatgina Dovbikka suyana olmaydi. Boshqa hujumchilar ham gol urmasa bo‘lmaydi. Ikki argentinalik hujumchilar – Paulo Dibala va Matias Sule harakatini kuchaytirishi kerak. Dibala yangi mavsumda penaltidan bitta to‘p kiritdi xolos. Katta umidlar bilan olib kelingan Sule hali Rim klubida birorta samarali harakatni amalga oshirmadi.

Hujum chizig‘i vakillaridan Dovbikdan boshqa Eldor Shomurodov gol urdi xolos. Stefan El-Shaaravi ham hozircha jim.

“Roma”ning qolgan gollari yarim himoya vakillari Tommazo Baldantsi, Brayan Kristante va Nikolo Pizilli hisobga to‘g‘ri keladi, - deb yozdi calciomercato.com portali eksperti Daniele Aloizi.

Ta’kidlash joizki, Rim klubi hujumchilari orasida eng kam o‘yin vaqtiga ega bo‘lgan o‘yinchi Eldor Shomurodov hisoblanadi. 29 yoshli forvardimiz jami to‘rtta uchrashuvda qatnashib, hammasi bo‘lib atigi 34 daqiqa harakat qilgan va “Roma”ning birinchi to‘pini kiritgan.

Aytish mumkinki, yangi bosh murabbiy ham Eldorga tayyorgarligiga yarasha etarli o‘yin amaliyoti bermayapti. Endi legionerimiz bor mahoratini O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 10 va 15 oktyabr kunlari Eron va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bo‘ladishgan o‘ta muhim uchrashuvlarda ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi.

Shunday ekan, Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham, “Roma”da ham gol urmasa bo‘lmaydi.  

Shomurodov va 178 nafar futbolchi bo‘yicha ma’lumot chiqdi

Fayzullaev Evropaga ketsin!

Husanov “Lans”ni Frantsiyada birinchi, Evropada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tardi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!