Shomurodov gol urolmayapti. “Rostov” yangi to‘purar oldi

  • 3 iyul, 2020, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rostov” 17 yoshli hujumchi Danila Suxomlinovni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Tecno

O‘smirlar o‘rtasidagi chempionatda “Master–Saturn” jamoasi sharafini himoya qilgan hujumchi 15 ta uchrashuvda sakkizta gol urishga erishdi. Danila Rossiya o‘smirlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

“Rostov”ning asosiy hujumchisi vazifasini hamyurtimiz Eldor Shomurodov bajarmoqda. Hozircha, Eldorning hisobida 11 ta gol bor. Surxondaryolik futbolchi ana shu gollardan 10 tasini chempionatning yangi yilgacha bo‘lgan qismida urgan.  Eldor 2020 yil hisobidan esa faqat bir marta – 29 fevral kuni “Axmat” darvozasini ishg‘ol qildi.

unnamed

Shomurodovning muxlislari o‘qisin!

Shomurodovni olqishlang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!