Shomurodov “Kalyari”da qoladimi yoki “Roma”ga qaytadimi?

  • 13 mart, 2024, 07:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi yoz Eldor Shomurodov faoliyatini qaerda davom ettirishini hal qilishi lozim bo‘ladi. Ayni paytda legionerimizning transfer huquqi “Roma”ga tegishli va o‘rtada 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma bor.

Tecno

“Kalyari” 28 yoshli forvardni keyinchalik 9 million evroga to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olgan. Biroq, buning uchun sardiniyaliklar yuqori diviziondagi joyini saqlab qolishi va Eldor Shomurodov “Salernitana” bilan bo‘lgan uchrashuvdagidek samarali o‘yin ko‘rsatishi lozim.

1710022402113443045

Italiya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalardan biri – calciomercato.com  sayti eksperti Antonio Sinus legionerimiz atrofidagi vaziyatni tahlil qilib berdi.

- “Salernitana”ga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida tashabbusni o‘z zimmasiga olib, ikkita gol bilan jamoasining muhim g‘alabasini ta’minlagan Eldor Shomurodov qishda jamoani tark etishga harakat qilganiga hozir ishonish qiyin. O‘zbek futbolchisi o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgani tufayli narsalarini yig‘ishtirgandi.

O‘shanda Klaudio Raneri hujumdagi muammolarni inobatga olgan holda Shomurodovga ishonch bildirib, uni hech bo‘lmaganda mavsum oxiriga qadar jamoada olib qolishni ma’qul ko‘rdi.

Mana so‘nggi o‘yinda o‘zbek hujumchisi haqiqiy darajasini namoyish qildi. U gol urishdan tashqari, yarim himoyadagilarga katta yordam berdi, har bir to‘p uchun kurashdi.

Eldor Shomurodovning transfer huquqi “Roma”ga tegishli, biroq uning kelajagi aniq emas va hamon mafhumligicha qolmoqda. Agar “Kalyari” A Seriyadagi joyini saqlab qolsa va bunda asosiy qahramon rolini Shomurodov o‘ynasa, bu transferning amalga oshirilishi muqarrar. Aks holda u ortga qaytariladi.

 Hozir sardiniyaliklar hujum chizig‘ida muammo etarli. Pavoletti, Petanya va Luvumbo safdan chiqqan, Lapadulaga samaradorlik etishmayapti. Bu holat Eldorga qo‘l kelishi mumkin. Shomurodov birinchi urinishdayoq jamoaga yordam berishga tayyorligini namoyish qildi.

Eldor kelasi mavsum “Kalyari”ning asosiy hujum quroliga aylanishi mumkin. Chunki Leonardo Pavoletti ko‘p jarohat olmoqda va kelajakda unga umid bog‘lash xato bo‘ladi. Janluka Lapadulaning samardorligi tushib ketgan va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha muammolar borligi ko‘zga tashlanyapti. Zito Luvumboni “Napoli” va bir necha Angliya klublari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilyapti.

Bu holatda kelasi mavsum uchun asosiy hujumchi maqomiga ikki da’vogar Andrea Petanya va Eldor Shomurodov qolmoqda. “Montsa”ning sobiq futbolchisi ko‘p jarohat olayotgani Shomurodovni muhim figuraga aylantirmoqda.

Klaudio Raneri oldindagi uchrashuvlarda asosiy hujumchi vazifasini yana Lapadulaga topshirsa kerak, biroq har qanday holatda ham Eldor Shomurodov o‘yinning ikkinchi yarmida maydonga tashlanadi,-  dedi futbol eksperti Antonio Sinus.

CAN_4160-760x490.x39831

Eldor Shomurodovning  kelasi mavsumni qaysi jamoada davom ettirishi ko‘p jihatdan mavsumning qolgan qismini qay darajada o‘tkazishiga bog‘liq. Qolaversa, Eldorni “Roma”da o‘ynashiga imkon bermagan Joze Mourino ham Rimni tark etib bo‘lgan. Demak, kelasi yozda transfer oynasi ochilishi bilan Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatib borishga to‘g‘ri keladi.

Shomurodovning eng “sevimli” jamoasi qaysi?

Ana xolos: Shomurodov 342 kun kutgan ish 7 daqiqada hal bo‘ldi!

Ikkita gol urgan Shomurodov haqida Evropada nimalar deyishyapti?

Umarali Rahmonaliev Angliyada o‘ynashni ko‘zlayapti

O‘zbek futbolchisining o‘yini angliyaliklarga juda yoqdi

Ular orasida to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi bor...

O‘rinboev Angliyaga qanday borib qoldi?

Legionerimiz Angliyada o‘yin o‘tkazadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azam Nazarov
12/03/2024 20:48
Элдоржон, ўлай санга : 61-рақам сенга омад келтиради.
&
Дилмурад Жаббаров
12/03/2024 18:54
Ха 1 йилда италияда энг кучсиз жамоага 1 йилда 2 та гол урса реалга хам чакиришади болдида