Shomurodov “Roma”ga qaytishi uchun Mourino qanday shart qo‘ygan?

  • 7 avgust, 2023, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yangi mavsumni “Kalyari”da boshlaydigan Eldor Shomurodov muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turibdi.

O‘zbek legionerining A Seriyadagi debyuti yorqin chiqqan edi. “Jenoa”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilib, katta klublar e’tiboriga tushgan Eldor Shomurodovning keyingi faoliyatida pasayish kuzatildi. “Roma” va “Spetsiya”dagi davr o‘zbek hujumchisiga kutilgan muvaffaqiyatni keltirmadi.

Endi “Kalyari”da, mashhur murabbiy Klaudio Raneri qo‘l ostida Eldorning faoliyatida keskin burilish bo‘lishi kutilmoqda.

363356988_830894138397941_1529027445395166799_n

Shomurodov Tuttosport nashriga bergan intervyusida hozirgi holati va kelajakdagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini haqida

Men bu jamoada, bu erdagi yigitlar va murabbiy bilan o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Ta’til uzoq bo‘ldi, bir oyga yaqin hordiq chiqardik. Kelganimdan keyin dastlabki kunlar qiyin o‘tdi, lekin hozir hammasi ancha yaxshi va men o‘zimni tetik his qilyapman. Men chempionat tezroq boshlanishini intizorlik bilan kutyapman.

Klaudio Raneri haqida

Bosh murabbiy Klaudio Ranerining ta’siri juda yaxshi sezilyapti. Mavsum endi boshlanyapti. U mendan jismoniy holati haqida so‘ragan edi. O‘zimni har taraflama yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qilyapman.

Maqsadlari haqida

“Jenoa”da o‘ynagan darajamga chiqishim kerak. Bu psixologik tomondan muhim ahamiyat kasb etadi. Men o‘zimni kuchli his qilardim, aniq maqsadlarim bor edi. O‘zimga ishonch kuchli edi. “Kalyari”da yana o‘sha holatga qaytishim uchun hamma narsa etarli.

Birinchi navbatda, tajribali va yaxshi tayyorgarlikka ega murabbiy bor. Asosiysi, klubda menga ishonishyapti, yaxshi jamoa jamlangan, ularning ishtiyoqi baland.

Ko‘p muxlislar yig‘in vaqtida ham bizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mashg‘ulotlarga keldi. Maydonda ham, mehmonxonada ham yonimizda ular. Ular o‘tgan mavsumda jamoaning yuqori divizionga qaytishida muhim rol o‘ynaganini his qildim. Jamoada o‘zaro tushunish va bir biriga ishonch bor.

Jamoadoshlari haqida

Jamoaga moslashishimga kim ko‘proq yordam beryapti? Bu savolga Edoardo Goldaniga, deb javob beraman. Men uni “Jenoa”da o‘ynagan davrimdan yaxshi bilaman. Keyin jamoadagi katta o‘yinchilar ko‘maklashyapti. Masalan, Pavoletti.

O‘zining vazifasi haqida

Jamoa ikkita hujumchisi bilan o‘ynasa, menga ancha engil bo‘ladi. Men har doim shu sxemada va darvozaga yaqin o‘ynaganman. Agar uch nafar hujumkor futbolchi bilan o‘ynasak, men chap qanotda qolishim kerak. To‘pni olib yurish va keng maydon bo‘ylab hujum uyushtirish uchun menga biroz vaqt kerak bo‘ladi. Bu endi boshqa masala.

363385278_833791494774872_1673561193202105631_n

Gollar haqida

Asosiy maqsadim – “Kalyari”ga yordam berish. Ular meni o‘z safiga qo‘shib oldi va katta ishonch bildiryapti. Bunga javoban men ham jamoa muvaffaqiyatiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Gollar soniga kelsak, o‘zimning mo‘ljalim bor, lekin uni sizlarga aytmayman.

Mourinoning talabi haqida

Biz Joze Mourino avvallari mening salohiyatim haqida gaplashganmiz. "Spetsiya"ga ketishimdan oldin u menga ko‘p gol urishim kerakligini va jamoaga yordam berish uchun yanada kuchli bo‘lib qaytishim lozimligini aytdi. 

Bu yoz Joze Mourinodan hech qanday xabar bo‘lmadi. Lekin u menga faqat g‘alabaga e’tibor qaratishni, doim g‘alaba haqida o‘ylashni, har qanday holatni g‘oliblik nuqtai nazaridan tahlil qilishni o‘rgatganini unutmayman.

Premer-liga klubi nega aynan o‘zbek legionerini transfer qilganini ochiqladi

Shomurodov Evropani zabt etishga yo‘l olgan o‘zbek futbolchisiga katta baho berdi

Fayzullaev TsSKA vakillariga qaysi pozitsiyalarda o‘ynashini aytdi

“Lans” rejasi o‘zgardi: Husanovga atalgan joyda endi boshqa himoyachi o‘ynaydi

Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!