Shomurodov va “Roma”ni jiddiy sinovlar kutmoqda

  • 10 dekabr, 2021, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

UEFAning uchinchi musobaqasi – Konferentsiyalar ligasining guruh bosqichi yakunlanib, pley-off bosqichiga chiqqan jamoalar aniqlandi.

Evropa futboli mutasaddilari “ko‘hna qit’a” jamoalarining uch  nufuzli turniri – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasini bir biriga bog‘lab qo‘ygani alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ya’ni, Chempionlar ligasi va Evropa ligasining guruh bahslarini uchinchi o‘rinda yakunlagan jamoalar, bir pog‘ona past turuvchi musobaqada o‘z guruhida ikkinchi qatordan joy olgan klublar bilan o‘zaro kuch sinashadi.

O‘zbekiston futbol ixlosmandalari muxlislik qilayotgan “Roma” katta omad evaziga o‘z guruhini eng yuqori pog‘onada yakunladi.

Joze Mourino shogirdlari Bolgariyada “TsSKA” jamoasi mehmoni bo‘lib, uchrashuvda uchta to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, kutilmaganda bahs oxirida ikkita to‘p o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqarishiga bir bahya qoldi – 3:2.

Shomurodov ushbu bahsda gol urgan Borxa Mayoral o‘rniga 68-daqiqada maydonga tushib, 20 daqiqadan ko‘proq o‘ynadi, biroq yana o‘zini ko‘rsata olmadi.

8f416-shomurodov

“Roma”ning “S” guruhi g‘olibiga aylanishiga Ukrainaning “Zarya” jamoasi ko‘maklashib yubordi. Luganskliklar o‘z maydonida guruh peshqadami hisoblangan “Budyo-Glimt” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, norvegiyaliklardan ochko tortib olgani Rim jamoasiga qo‘l keldi va ular ochko jamg‘arishda “Budyo-Glimt”dan bir ballga o‘zib ketdi.

- Biz o‘zimizga bunday muammolarni tug‘dirmasligimiz kerak. Bunaqada o‘yinni to‘liq nazorat qilib bo‘lmay qoladi. Lekin natijadan qoniqdik. “Zarya”dan minnatdormiz, - dedi Joze Mourino Sofiya shahridagi o‘yindan so‘ng.

Shu tariqa, 13 ochko bilan guruhda birinchi bo‘lgan rimliklar Konferentsiya ligasining 1/8 finaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi.

Shuningdek, boshqa guruhlar g‘oliblari –  LASK (Avstriya), AZ (Niderlandiya), “Gent” (Belgiya), “Feyenoord” (Niderlandiya), “Kopengagen” (Daniya), “Renn” (Frantsiya) va “Bazel” (Shveytsariya) ham nimchorak finalda o‘ynaydi.

Guruhda ikkinchi bo‘lgan “Budyo-Glimt” (Norvegiya), “Karabax” (Ozarbayjon), “Makkabi” Tel-Aviv (Isroil), PAOK (Gretsiya), “Ranners” (Daniya), “Partizan” (Serbiya), “Slaviya” (Chexiya) kabi jamoalar Evropa ligasida uchinchi pog‘onadan o‘rin olgan “Lester” (Angliya), “Marsel” (Frantsiya), PSV (Niderlandiya), “Mityullann” (Daniya), “Rapid” (Avstriya), “Sparta” (Chexiya), “Seltik” (Shotlandiya) va “Fenerbaxche” (Turkiya) bilan o‘tish uchrashuvida raqobatlashadi.

Hozircha, Konferentsiyalar ligasida “G” guruhida bitta uchrashuv qoldi. “Tottenxem” va “Renn” bahsi londonliklar jamoasida koronavirus tarqalib ketgani tufayli kechiktiriladigan bo‘ldi. Ushba bahsda “Tottenxem” g‘alaba qozonsa, o‘tish uchrashuvida qatnashadi. Durang yoki mag‘lubiyat qayd etilsa, “Vitess” musobaqani davom ettiradi.

Ko‘rinib turibdiki, Konferentsiyalar ligasiga Evropa Ligasi vakillarining qo‘shilishi bosh sovrin uchun raqobatni yanada kuchaytirib yuboradi. “Roma” rahbariyati Joze Mourino oldiga joriy mavsumda ushbu xalqaro musobaqada g‘olib chiqish vazifasini qo‘ygan.

Rimdagi hujumchisiz Eldor Shomurodovning Konferentsiyalar ligasidagi statistikasi muxlislarimizni qiziqtirishini inobatga olib, ushbu ma’lumotni keltirib o‘tishni ma’qul topdik.

Hamyurtimiz Konferentsiyalar ligasi saralash bosqichida Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan ikkita uchrashuvda jami 107 daqiqa harakat qilib, safardagi ilk bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Musobaqaning guruh bellashuvlarida Eldor jami olti marta maydonga tushdi va jami 262 daqiqa harakat qildi. Bu vaqt ichida jamoadoshlariga bir juft golli pas oshirdi.

YuN5XDtAPuiNGNy_GOf7W2e6e_f8Y-J7

Endi Konferentsiya ligasi va Evropa ligasi jamoalari o‘rtasidagi o‘tish uchrashuvlariga 13 dekabr kuni qur’a tashlash marosimi bo‘ladi. Uy-safar tizimidagi to‘qnashuvlar 17 va 24 fevral sanasiga mo‘ljallangan.

“Roma” va o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak finaldagi raqiblarini 25 fevralda bilib oladi. Bu jamoalar xalqaro turnirdagi yurishini 10 va 17 mart kunlari bo‘ladigan o‘zaro ikkita uchrashuvda davom ettirishga kirishadi.

Musobaqa g‘olibi 25 may kuni o‘tkaziladigan finalda aniqlanadi.

 Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Yaxshiboev Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi, lekin...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

“Roma”ni qutqarolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!