Shomurodovga oid qiziq fakt!

  • 30 noyabr, 2020, 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya A Seriyasi bahslari ham tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Har bir jamoa o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari intilmoqda.

Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgani o‘zbekistonlik futbol muxlislarini ham A Seriya o‘yinlarini yanada diqqat bilan kuzatishga majbur qilayotgani hech kimga sir emas.  

A Seriyaning  9-turidan o‘rin olgan oxirgi uchrashuvda “Jenoa” futbolchilari “Parma” bilan kuch sinashadi.

Har ikki jamoa uchun joriy mavsumning starti omadsiz keldi. “Parma” ham, “Jenoa” ham sakkizta uchrashuvdan atigi bittasida zafar quchdi. Genuyaliklar jami besh ochko, raqib olti ochko jamg‘arib, ayni paytda yuqori ligada joyini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Ikkala jamoa ligada eng kam gol urgan va bir xil – 16 tadan gol o‘tkazib yuborgan.  

“Jenoa” o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashalana boshladi. Italiya kubogi doirasida “Jenoa”ning Genuya derbisida o‘zidan kuchli bo‘lgan “Sampdoriya”ni raqib maydonida 3:1 hisobida mag‘lub etgani Eldor Shomurodov jamoasi muxlislarida bu g‘alaba A Seriyada davom ettirilishiga ham umid uyg‘otdi.

605838_680

 “Jenoa” bosh murabbiyi Rolando Maran g‘alabali o‘yindan so‘ng, Shomurodovdan umidi katta ekanini alohida ta’kidladi.

- Eldor ma’lum muddat tanaffusdan keyin tarkibga qaytarildi. U o‘yin tempini oshira oldi. Shomurodov o‘yinimizga moslashib, tobora o‘sib boryapti. Eldorni ikkinchi davraga yanada kuchli tayyorlashimiz kerak. Keyingi davradan o‘yin uslubini o‘zgartiramiz, - dedi Maran.

Bugungi o‘yin oldidan “Jenoa”ning  “Parma”da alami borligini ta’kidlash lozim. Chunki o‘tgan mavsum parmaliklar genuyaliklarni har ikki uchrashuvda ham yirik hisoblarda dog‘da qoldirgan. Shu o‘rinda, “Parma”ning bu yilgi o‘yini ancha pasayganini va mezbonlarda revansh uchun imkoniyat yaxshiligini ta’kidlash lozim.

Ushbu uchrashuvga diqqatini qaratgan rossiyalik jurnalistlar o‘yinga oid qiziq faktni muxlislar e’tiboriga havola qildi. Unda aytilishicha, o‘z vaqtida Rossiya premer-ligasida o‘ynab, muxlislar mehrini qozongan legionerlar bugun Italiya maydonida o‘zaro to‘qnash keladi. Tabiiyki, “Jenoa” safida Rossiyada to‘p tepgan o‘yinchi sifatida Eldor Shomurodov ko‘rsatilmoqda. “Parma”da esa, “Zenit” tarkibida o‘ynagan yarim himoyachi Ernani, himoyachilar Brunu Alvesh va Yordan Osorio bor.

Portugaliyalik Brunu Alvesh 2010-2013 yillarda “Zenit” sharafini himoya qilib, jamoaning asosiy o‘yinlaridan hisoblangan. Venesuelalik Yordan Rosario joriy yilda “Parma”ga ko‘chib o‘tishidan oldin, piterliklar tarkibida ettita uchrashuvda maydonga tushgandi. Braziliyalik Ernani 2018-2019 yillar mobaynida Rossiya premer-ligasida o‘ynab, keyin “Parma” tarkibiga o‘tdi.

“Zenit”ning sobiq futbolchilaridan Rosario va Ernani Rossiya premer-ligasidagi faoliyati  davomida Shomurodovga qarshi maydonga tushgan. Ular bir birining imkoniyatini juda yaxshi biladi. Shomurodovning “Rostov”i Ernani o‘ynagan uchrashuvda “Zenit”ni kichik hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, Rosario qatnashgan uchrashuvda 2:1 hisobida piterlik futbolchilarning qo‘li baland kelgan.

Xullas, bugun bir biriga munosib jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Biz Eldor Shomurodovning maydonga tushib, o‘z mahoratini namoyish etgan holda gollar hisobini ochishini kutamiz!

eldor-genoa-sampa_1

“Luiji Ferraris” mezbonlik qiladigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Futbolni tushunmaganlar Shomurodov haqidagi gapirmasin!

"Shomurodov Rossiyaga qaytib ketadi!"

“Jenoa”: Shomurodov uchdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
30/11/2020 15:40
Элдор омад сенга олга олга олга голголгол