
Shomurodovning agenti: Eldorning A Seriyada o‘ynashi mo‘’jiza emas
Eldor Shomurodovning manfaatlarini himoya qilayotgan va uning “Rostov” va “Jenoa”ga transferlarini amalga oshirgan “ProSports Management” konsalting kompaniyasi prezidenti German Tkachenko hamyurtimiz haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"A Seriyada o‘zbek futbolchisining o‘ynashi bu mo‘’jizami? Bu mo‘’jiza emas, balki katta mehnat. Biz u bilan shartnoma imzolaganimizda, Evropada o‘ynamochi ekanligini o‘zi uncha yaxshi bilmaydigan rus tilida tushuntirgan edi.
2019 yilgi Osiyo kubogida ko‘rsatgan ishonchli o‘yinlaridan so‘ng, moliyaviy jihatdan yaxshi bo‘lgan Qatar va Xitoydan takliflar bo‘lgan edi. Lekin biz kuchliroq chempionatga qadam qo‘yadigan strategiyani tanladik", - dedi Tkachenko "Nobel" YouTube kanali efirida.
Fikrlar