
Shomurodovning qadami qutlug‘ kelgan o‘yindan keyin Mourino nimalar dedi?
A Seriyaning 12-turida “Roma” futbolchilari “Verona” maydonidan o‘ta muhim bilan qaytdi. Navbatdagi uch ochko poytaxtliklarni kuchli to‘rtlikka qo‘shdi. Lekin Joze Mourino shogirdlari bu uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.
G‘alabani Mourinoning odatdagi jangovar tarkibi vakillari emas, balki zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar ta’minladi.
Bahs rimliklar uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. “Verona” o‘z maydonida ancha dadil o‘ynadi. 27-daqiqada Pavel Davidovich Ruy Patrisio qo‘riqlayotgan darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, polshalik futbolchi antiqahramonga aylandi. Bahsga bor vujudi bilan kirishib ketgan Davidovich Nikolo Dzanologa nisbatan o‘ta qo‘pol fol ishlatdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri fol qizil kartochka bilan maydondan haydaldi.
Birinchi bo‘lim so‘nggida Nikolo Dzanolo hisobni tenglashtirdi.
“Roma” g‘alaba uchun archa kurashdi. Biroq, g‘alaba to‘plari Eldor Shomurodov maydonga tushganidan keyin kiritildi. Bir so‘z bilan aytganda, legionerimizning qadami qutlug‘ keldi. O‘yin qahramoni 18 yoshli Kristian Valpato bo‘ldi. Avval o‘zi gol urgan italiyalik futbolchi keyin Stefan El-Shaaraviga assistentlik qildi.
O‘yindan keyin rimliklar bosh murabbiyi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- “Verona”ni tabriklayman, ular ochko olish uchun juda qattiq kurashdi. Ularning yosh murabbiyi o‘n kishi bo‘lib qolgan jamoa o‘yinini juda yaxshi tashkil qila oldi. Ular bizni ancha qiynadi. Ular oxirigacha kurashdi.
Ikki yuzlamachilik qilmayman va g‘alabadan mamnunman. Musobaqa jadvalidagi vaziyat juda murakkab.
Odatda, o‘yindan ko‘proq narsa qila olardim degan his-tuyg‘u bilan chiqaman, lekin bu gal bundan ortiq biror narsa qila olmasligimni bildim. Men Valpatoning iste’dodiga va Matichning tajribasiga ishonib, qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim.
90-daqiqaga borib g‘alaba qozonsang bu omaddek ko‘rinadi. Lekin biz bu omadli onlarni 45 daqiqa kutdik.
Dzanoloning jamoaviy o‘yinchi sifatida bizga yordam berayotganini alohida ta’kidlayman. Shuning uchun uning kam gol urayotgani yoki ikki-uchta vaziyatni qo‘ldan chiqarayotganiga e’tibor qaratmayman.
Nikolo maydonda borini beradi, raqiblarni o‘ziga nisbatan ko‘p fol ishlatishga majbur qiladi, ba’zan bosim qilishni oshirib ham yuboradi.
“Roma” yoshlarga alohida e’tibor qaratmoqda. Primverada shug‘ullanish boshqa, lekin vaqti vaqti bilan birinchi jamoaga jalb etilish bu futbolchi faoliyatida muhim jarayon. Masalan, Bove asosiy jamoaga qabul qilingan edi. Avgustning oxiridan beri birinchi jamoaga jalb qilinib kelayotgan Volpato klub bilan yangi shartnoma qilib, safimizga qo‘shildi.
U hali ancha yosh va har kuni nimalarnidir o‘rganishi kerak, biroq u hozirning o‘zida asosiy tarkib o‘yinchisi, men unga birlr vazifa yuklasam buni ahmoqlik uchun qilmayman, balki uning salog‘iyati va qo‘lidan kelishiga ishonib shunday qarorga kelaman.
“Latsio” bilan bo‘ladigan derbi meni umuman qiziqtirmaydi. Meni oldimizda turgan har qanday uchrashuv o‘ylantiradi. Agar murabbiy faqat oldida turgan bahsga e’tibor qaratmasa, bu yaxshilik bilan tugamaydi. Buni ana shunday xatoni boshimdan o‘tkazganim va bu tuyg‘u bilan yashash qiyinligini bilganim uchun aytyapman. Agar futbolchilarimdan biri derbi haqida gapirayotgan bo‘lsa, demak u katta xatoga yo‘l qo‘yyapti, - dedi Joze Mourino.
Ta’kidlash joizki, oldinda “Roma”ni ikkita jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Mourino shogirdlari 3 noyabr kuni Evropa ligasi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini “Ludogorets”ga qarshi o‘tkazadi va uch kundan keyin A Seriyaning navbatdagi turida Rim derbisida “Latsio”ni qabul qiladi.
Qiyin g‘alabada Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Eng kuchli futbolchimiz Evropani emas, Xitoyni tanlaganiga izoh berdi
"Arsenal" so‘ragan legionerimizni jamoasi Angliyaga qo‘yib yubormagan ekan...
Shomurodovga “Roma”dan ketishni tavsiya qilishdi...
Fikrlar