Shomurodovning sobiq jamoasi "Chelsi" hujumchisini ko‘zlamoqda

  • 16 aprel, 2021, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” hujumchisi Ike Ugboning agenti Oliver Uord mijoziga “Rostov”dan qiziqish bo‘layotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

“Rostov” chindan ham Ikega qiziqish bildirmoqda. Ammo bu borada jiddiy muzokaralar bo‘lmadi”, - dedi agent Sport24 nashriga bergan intervyusida.

Xorij nashrlari esa Ikega «Fulxem», «Monako», «Bolonya» va «Sampdoriya» kabi klublardan ham qiziqishlar borligi haqida yozmoqda.

22 yoshli Ugbo joriy mavsumni Belgiyaning “Serkl Bryugge” klubida ijarada o‘tkazmoqda. U bu jamoada 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Qayd etish lozimki, "Rostov" safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bir necha mavsum to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!