Shomurodovning transferi yanvarda hal bo‘ladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Italiyani tark etib, Turkiya Superligasiga kelganidan keyin to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshladi.
“Roma” yozda o‘zbek forvardini keyinchalik to‘liq transfer huquqi bilan “Istanbul Bashakshehir”ga ijaraga yubordi. Turklarning tanlovi o‘zi oqladi. Endi Shomurodovning transferini qachon to‘liq amalga oshirish masalasi ko‘tarilmoqda.
Italiyaning nufuzli manbalardan biri – romaforever.it bu vaziyatga oydinlik kiritdi. Sports.uz portali ushbu ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
- Shomurodovning Turkiyadagi shousi davom etadi. Endi “Bashakshehir” uning transferini oxirigacha hal etishi va “Roma” qancha mablag‘ ishlab olishi masalasini ko‘tarilmoqda.
Eldor Turkiyada faoliyatini tiklab oldi. “Bashakshehir”ning yozdagi tanlovi o‘zini to‘liq oqladi. “Roma” fanatlari Artyom Dovbik va Evan Fergyuson etarli darajada samarali o‘ynay olmayotani uchun Eldor Shomurodovning ketganidan afsuslanmoqda. Ayni paytda “Shomurodovni “Roma”da olib qolsa bo‘lmasmidi?” degan masala juda keng muhokama qilinyapti. Ayniqsa, futbolchining ijaraga jo‘natilgani muxlislarda uni ortga qaytarish umidini uyg‘otmoqda.
O‘tgan mavsum o‘zbek hujumchisi rimliklar jamoasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol va beshta assist muallifi bo‘lgandi. Ammo hozir uning kelajagi Turkiya bilan bog‘liq. “Roma” va “Bashakshehir” kelishuvi transferni oson amalga oshirish imkonini beradigan darajada tuzilgan.
Turk klubida Shomurodovni yanvardayoq to‘liq transfer qilish imkoni bor. Hujumchining o‘yini va samaradorligidan kelib chiqib, “Bashakshehir” bu masalani yanvardayoq hal qilishni mo‘ljallayapti.
Taniqli insayderlardan biri Filippo Biafora Shomurodov transferiga oid ma’lumotlarni quyidagicha izohlagandi.
“Istanbul Bashakshehir”da Eldor Shomurodovni qishki transferlar davrida 2,8 million evroga to‘liq transfer qilish imkoni bor. Agar bu ish yanvarda ro‘y bermasa, transferni oxiriga etkazish majburiyati mavsum yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi. Buning uchun “Bashakshehir” Superligadagi o‘rnini saqlab qolishi kerak, - deb yozdi Filippo Biafora.
Bugungi kunda “Roma”ni transferning moliyaviy aspekti xavotirga solmoqda. 30 yoshli hujumchining ijarasi yozda Rim klubi g‘aznasiga 3 million evro tushirdi. Turkiya klubi transferni to‘liq yakunlashi “Roma”ga yana 2,8 million evro olib keladi. Rimliklarni qiziqtirayotgan masala bu ish qachon amalga oshishidir. Istanbulliklar transferni yanvarda amalga oshiradimi yoki yil oxirida avtomatik jarayon bilan yakunlaydimi?
Shomurodovning o‘yini va natijalaridan kelib chiqib, “Bashakshehir” transferni yanvarda amalga oshirish ehtimoli katta. Chunki Eldor 12 ta uchrashuvda sakkizta gol urib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan ekan, qaysi klub bunday hujumchini qo‘ldan chiqargisi keladi?, - deb yozmoqda romaforever.it sayti jurnalisti Luka Mugnayoli.
Rustamjonov qahramon! O‘zbekistonning qiyin g‘alabasi qanday baholandi?
FIFA: Nimchorak finalni O‘zbekiston boshlab beradi! (1/8 finallar ro‘yxati)
O‘zbekistonning shov-shuvli g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?
O‘zbekistonning Misr ustidan g‘alabasi xorijda qanday baholandi?



Fikrlar