
Shomurodovning yaqin jamoadoshiga APL grandi qiziqmoqda
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala Premer-liganing top klubi nishonida turibdi. "TodoFichajes" xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchini yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Hozirda "qizil iblislar" og‘ir davrni boshdan kechirmoqda.
31 yoshli Dibala uchun "Manchester Yunayted" yangi bosqichni boshlash uchun ajoyib imkoniyat bo‘lishi mumkin. Uning hozirda transfer narxi 8 million evroga baholanmoqda.
Paulo Dibalaning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda argentinalik hujumchi 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar