"Sho‘rtan" bosh murabbiyi: "Bizda hammaga kurash taklif qila oladigan jamoa bor, faqat..."

  • 21 avgust, 07:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” – “Navbahor” (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliev qatnashib,jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Tecno

- O‘yin haqidagi fikringiz?

- Tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushgandi. Muxlislarimizga oxirigacha qo‘llab turishgani uchun rahmat aytaman. Futbolchilarga ham rahmat, hamma borini berib o‘ynadi. O‘z xatolarimiz tufayli o‘z darvozamizdan oddiy to‘plarni o‘tkazib yubordik. Qiynalib gol uramiz, keyin esa oddiy holatda o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqamiz. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, afsuski, g‘alaba qozona olmadik.

- “Sho‘rtan” darvozasiga urilgan 3-golda darvozabon oldinga chiqib ketdi va xatoga yo‘l qo‘ydi...

- O‘sha vaziyatda darvozabonimiz oldinga chiqmasa ham bo‘lardi, chunki himoyachi bor edi. Lekin o‘ziga ishonch bilan chiqdi, ammo kichik epizodda xatoga yo‘l qo‘ydi. Odatda himoyachilar to‘p uchun kurash olib borayotgan paytda darvozabonlar oldinga chiqishmaydi, qolaversa, darvozagacha hali masofa uzoq edi. Biz esa raqibga gol sovg‘a qildik. 

- Temur Mamasiddiqov bilan Nuriddin Hasanovlarning almashtirilishlari sababi nimada?

- Temur to‘p bilan yaxshi, lekin himoyada ozroq bo‘sh o‘ynaydi. Biz hisobda oldinda borayotgandik, shuning uchun uni himoyaga yaxshi qo‘shiladigan futbolchiga almashtirdik. Nuriddin Hasanov esa mikrojarohat sababli o‘ynay olmasligini aytdi, shu bois, uni almashtirdik.

- Kuchli jamoalarga qarshi kechadigan uchrashuvlarda “Sho‘rtan”ning o‘yinini qanday izohlaysiz?

- O‘tgan turda “Nasaf” bilan bo‘lgan o‘yinni ham yaxshi boshlagandik. Gap natijada emas, balki o‘zimizga bo‘lgan ishonchda. “Nasaf”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, yigitlar bilan ko‘proq ruhiy tomonlama ishladik. Bizda hammaga kurash taklif eta oladigan jamoa bor, faqat futbolchilar o‘z kuchlariga ishonishlari kerak. O‘z kuchimizga ishonsak, hamma bilan tengma-teng o‘ynay olamiz.

- “Sho‘rtan” g‘alabadan quruq qolishining sababi yuzaga kelgan xatolar tufaylimi?

- Endi ko‘p narsa o‘zimiz yo‘l qo‘ygan xatolar bilan bog‘liq. E’tibor bering, raqib oddiy gollarni uryapti. Gol urishga kelganda esa juda qiynalyapmiz. Xursand qilayotgan tomoni, birinchi davradagi o‘yinimizga nisbatan hozir ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratyapmiz. Faqat ulardan foydalana olsak bo‘ldi.

- Sardor Sa’dullaev Jo‘rabek Mannonovning o‘rnini to‘ldira oldimi?

- Sardor yaxshi futbolchi. U “Nasaf” bilan bo‘lgan bellashuvda ham yaxshi o‘ynagandi. Bu uchrashuvda faqat bir marta xatoga yo‘l qo‘ydi. U birga bir vaziyatlarda to‘pni raqibdan olib qo‘ydi. Himoyachi sifatida o‘z ishini yaxshi bajardi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!