
"Sho‘rtan" Chobanovni qo‘lga kiritdi
Superligaga qaytgan “Sho‘rtan” yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishni davom ettiradi.
“Paxtakor”, “Turon” va “Andijon” jamoalari tarkibida to‘p surgan tajribali himoyachi Marlen Chobanov "Sho‘rtan" bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi bir yillik shartnomaga imzo chekdi", - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Chobanov o‘tgan yili "Andijon"da edi. Biroq jarohatlar va yana ayrim sabablar tufayli u rasmiy bahslarda maydonga tusha olgani yo‘q.
"Sho‘rtan"da esa futbolchi uchun o‘zini ko‘rsatishga imkoniyat bo‘lishi katta ehtimol.
Fikrlar