Shota Arveladze: Eldor Shomurodov Angliya va Frantsiya chempionatiga mos keladigan to‘purar hujumchi

  • 04.05.2020 17:10
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol

Rossiyaning "Rostov" klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga "Lion" qiziqish bildirayotgani borasida oldinroq xabarlar tarqalgandi. Endi Frantsiyaning yana bir jamoasi e’tiborini Shomurodovga qaratgan. Bu haqda Leerosportnews.com jurnalisti "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze bilan tashkil etilgan intervyuda aytib o‘tdi.

O‘zbekiston MTJ, "Paxtakor" va Shota Arveladze haqida

arveladze

Ushbu saytda Arveladze bilan katta intervyu chop etildi. Jurnalist Frantsiyaning "Bordo" klubi ikki futbolchiga qiziqayotgani, ulardan biri Eldor Shomurodov ikkinchisi esa Arveladzega yaxshi tanish bo‘lgan Georgiy Chakvetadze ekanligini aytib, bu borada uning fikrlari bilan qiziqdi.

- Eldor menga ko‘proq tanish va u yaxshi hujumchi. Menimcha, Shomurodov Niderlandiya yoki Angliya chempionatiga mos keladigan foydali to‘purar. Karpin uni yanada kuchli qilishiga ishonchim komil. Eldor O‘zbekistonning eng yaxshi hujumchisi bo‘la oladi.

3821577211295

Georgiy Chakvetadzeni ham yaxshi bilaman, u ajoyib texnika sohibi. Biroq u kam o‘yin o‘tkazmoqda. Men "Bordo" Chakvetadzeni kuzatib borayotganidan hayron bo‘lmayman. Chunki Georgiy maydonda qachon va qaerda joylashish kerakligini biladi. Futbolchilar saviyadagi farqlarni sezishsa, ular doim yangi darajaga intiladi. Buning uchun «Bordo» Evropadagi muhim klub hisoblanadi, - dedi Shota Arveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нодирбек жовлиев
02/05/2020 18:47
Qiziqish bildiradi lekin sotib olmaydi
&
Rostgo'y
04/05/2020 20:31
Shota ovora bulp paxta quyma paxtakorga kemaydi undan umidingni uz paxtakorri obrusini rasvo qilding uzb ni eng kuchlik uyinchilarini uigip bersa xam xakamlarni yordamiga muxtoj iyinchila san uynata olmading shunday kuchlik tarkibni
Ibrohim Kuziev
04/05/2020 18:02
Shota paxta quyapdi kuchli 5 lik eldor tormaydi zaxiraga qolip ketta rostop yaxshi uzi