Shota Arveladze: Ishonch uchun Bobur Shodievga rahmat aytaman

  • 26 oktabr, 2019, 19:52
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" va AGMK (3:0) jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi final o‘yinidan so‘ng "sherlar" ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Tashkiliy ishlar uchun minnatdorchilik bildiraman. G‘alaba bilan klubdagi barchani tabriklayman. Ularning ishini maydonda ko‘rmaymiz, ammo katta hajmda mehnat qilishadi. Keyin esa yigitlarni olqishlayman. Ular chempionat va kubokda mag‘lubiyatsiz g‘olib bo‘lishdi. Biz mavsumda 102 gol urishga erishdik. Hujumkor futbol namoyish qildik. Jarohat olgan futbolchilarimiz ham bir jamoaga aylanishimizga hissa qo‘shishdi. Raqibga o‘yin uchun rahmat deyman. Ular bosim uyushtirib, hujumga o‘tishga intilishdi.

Klub prezidenti Bobur Shodievga rahmat aytishni istardim. O‘tgan yilgi mag‘lubiyatga qaramay, u klubning rivojlanish yo‘lida ishlashda davom etdi. Bizga barcha sharoitlar yaratib berildi. Biz o‘sishdan to‘xtamadik.

Yaxshi maydon, stadion, baza - bular bizning boyligimiz. Barcha joyda yuqori darajada sharoitlar muhayyo etilishi lozim. Bugun ko‘proq muxlis kutgandim, ammo ularning soni kutilganchalik bo‘lmadi.

Bu yil ahilroq ekanimiz juda muhim bo‘ldi. Rahbariyat ishonchini ham aytib o‘taman. Bular katta yordam berdi. Klubda barchasi a’lo bo‘lishi kerak. Uzoq vaqtdan keyin ham. Rivojlanish barcha darajada bo‘lishi shart. Klub, futbol, media va boshqa masalalar.

Finalga 8 ming muxlis keldi. Men hamyurtlarimni chaqirsam bo‘lar ekan. Hech bo‘lmaganda 3 ming gruzin kelar edi", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
26/10/2019 20:47
Ӯша гурузянга сур бумаса юбан ӯзбекистонда терма каманда қилиб ютасанда енди кариллайсан зӯр булсанг осиёда гурухдан чиқолмадингку биртинга қиммат лига
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/10/2019 23:01
bu yil Aziz Ganiev olsang. keyin chuqur Nafas olsang buladi va. bemolol chempionlar legasini uylasang buladi. ochigi shu murabbiyni hech qanaqa taktikasini kurmadim. shunchaki Nasafchila uyin tashkil qiladi. ularni atrofiga kerakli ijrochila yigiladi. buldi uyin tayor. Pahtakorni murabbiyi Ruziqul Berdiev. desa ham buladi. bemolol. Pahtakor muhlislari mani tugri tushuningla murabbiylariz yuq narsani bor qilgani yuq shunchaki keldi. nushani kuchirib. kelib kamanda tuzib quydi
Sag'indiq Kenjebaev
26/10/2019 20:17
Бу одам сўнгги сўзи билан ўзбеклар устидан кулмоқчи бўлганми?
&
Шокир
26/10/2019 23:23
Eh pahtakor muhlislari uyalinglar guruzyadan muhlis chaqirsam boʻlar ekan degan gapiga boshqa jamoa muhlislari ham norozi. Sen ham murabbiymisan agar final boshqa viloyatda boʻlganda kamida 15 ming muhlis kirar edi va albatta 99foiz muhlis Agmk ga muhlislik qilar edi shuning uchun ham Final toshkentda boʻldi bu ham Pahtakor foydasiga boʻldi Jamoying chempion boʻlib tursa kubok finaliga chiqsa burningni tagida oʻynasa shu oʻyinni koʻrishga bormaysan i internetda oʻtirvolib Pahtakorim yorvor buzvor deb oʻtirgandan koʻra yana nim emish Pahtakor halq jamosi emish.buni isbotlash kerak.