Shu futbolchini olsangiz, baraka topasizlar!

  • 28 noyabr, 2021, 12:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning sobiq o‘yinchisi Gustavo Poyet klub rahbariyatiga  “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundeni olishni tavsiya qilyapti.

Tecno

Gap shundaki, Jyul Kunde 2018 yilda Gustavo Poyet qo‘l ostida “Bordo” jamoasida o‘ynagan va urugvaylik mutaxassis o‘z shogirdining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

- Jyul Kunde har bir uchrashuvda to‘liq o‘ynagan professional va 19 yoshida qo‘rqmay mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olardi. Bu yigitni yaxshi bilaman. Markaziy himoyachi uchun kerakli bo‘lgan barcha sifatlarni puxta o‘zlashtirgan.

Jyul Kunde murabbiyning gapini eshitadigan futbolchi va doim o‘sishga harakat qiladi. “Chelsi” unga ideal variant. Jyul kuchli futbolchi va yozda Angliyaga ko‘chib o‘tsa, hayron bo‘lmayman, - dedi Gustavo Poyet.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!