Shu ish o‘xshamasa, Flik “Barsa”dan ketadi

  • 06.03.2026 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan germaniyalik mutaxassis Hans-Diter Flik klubdagi faoliyati muvaffaqiyatli davom etayotganiga qaramay, Kataloniyani tark etishi mumkin.

Flik uzoq yillar klubni boshqarib kelgan Joan Laporta klub prezidentligi lavozimiga qayta saylanmasa, “Barselona”dan ketadi.

Bu haqida jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida xabar berdi.

Aslida nemis mutaxassisi “Barselona” bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. Flik shaharni, klubni va muxlislarni yaxshi ko’radi. Biroq murabbiy o’z kelajagini Joan Laportaning Kataloniya klubidagi mavqei bilan bog’lamoqda va u bilan birgalikda jamoa strategiyasini shakllantirishni istaydi.

Agar Laporta 15 mart kuni “Barselona” prezidenti lavozimiga qayta saylanmasa, Flikning klubdan ketishi shu yozda yoki 2027 yildagi shartnoma muddati tugagach, amalga oshishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!