"Shunday iste’dodni payqamagan ekanmiz" - Sobiq futbolchi Husanov transferi haqida gapirdi

  • 20 yanvar, 21:18
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" va "Amkara" klublarining sobiq hujumchisi Aleksandr Prudnikov himoyachi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishiga munosabat bildirdi.

Tecno

- RPL klublarining sport direktorlariga qarata ko‘plab savollar bor. Yon atrofimizda ba’zan biz sezmaydigan iste’dodlar bor va ularni qo‘ldan boy beramiz. Biroq, haqiqat shundaki, bizning klublarimiz unga e’tibor qaratmagan, - dedi sobiq futbolchi.

Xabaringiz bor, Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubi bilan deyarli kelishuvga erishdi. Faqatgina klub mazkur transferni e’lon qilishi qoldi xolos. Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz manchesterliklar bilan to‘rt yarim yillik shartnomaga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, Husanov 2023 yilda "Lans"ga Belarusning "Energetik-BGU" klubidan borib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
20/01/2025 23:34
Бу истедодни "Бунёдкор" пвйқамадику, силар Россияда.