Shupo-Moting "Bavariya" bilan uzoq yillik shartnoma imzolamoqchi, ammo..

  • 18 yanvar, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kamerunlik hujumchi Erik Shupo-Moting "Bavariya" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni va maoshi oshirilishini istamoqda.

Tecno

Bayern & Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, myunxenliklar yangi maosh masalasini muhokama qilishga tayyor, ammo klub 30 yoshdan oshgan futbolchilar shartnomasini ko‘pi bilan bir yilga uzaytirish qoidasiga amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli kamerunlik forvard joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin. Hozirda uning “Bavariya”da yiliga 3,5 million evro maosh olmoqda.

Manbaga ko‘ra, keyingi haftalar Shupo-Moting va "Bavariya" o‘rtasidagi muzokaralarda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

Erik joriy mavsum Bundesligada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!