
Simeoneni "Arsenal"da kutishmoqda
Madridning "Atletiko" klubi rahbariyati jamoaning qayd etayotgan natijalaridan norozi bo‘lmoqda.
Aytish kerakki, “matrachilar” ayni damda 25 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida 6-o‘rinda borishmoqda.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Atletiko” Diego Simeoneni iste’foga chiqargan taqdirda, argentinalik mutaxassis "Arsenal"da ish boshlashi mumkin. Chunki, yaqindagina Unai Emerini iste’foga chiqargan “kanonirlar” uning o‘rniga vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Freddi Yungberg o‘rniga munosib nomzod qidirishmoqda va bu borada ular Simeoneni asosiy nomzod sifatida ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda Angliya premer-ligasida 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar