
Simone Indzagi "Inter"ning yangi mavsum rejalari haqida gapirdi
"Inter"ning yangi bosh murabbiyi Simone Indzagi yangi mavsum oldidan jamoa rejalari haqida gapirdi.
“Men Xakimi albatta sotilishini bilardim, ammo ular menga jamoa raqobatbardosh bo‘lishiga va’da berishdi. Men rahbariyat bilan har kuni muloqot qilaman. Biz Chempionlar ligasidagi natijalarni yaxshilamoqchimiz, chunki "Inter" 2011 yildan beri 1/8 finalda o‘ynamayapti.
Rahbariyat meni bu erda bo‘lishimni juda xohladi. Biz muxlislar yaqin bo‘lib ketamiz deb o‘ylayman.
Biz chempionlikni himoya qilishimiz kerak. Biz “Inter”miz va kelasi yozda chempionlikni nishonlash uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Fursatdan foydalanib, Antonio Konteni va uning xodimlarini erishilgan natija bilan tabriklayman”, - dedi Indzagi.
Fikrlar