Singapur murabbiyi: O‘zbekistonni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz

  • 06.06.2021 18:32
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol

O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Singapur terma jamoasi bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida  ishtirok etdi.

- Barcha biladi, O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Bizni kuchli qarama-qarshilik kutyapti. Raqobatli o‘yin bo‘ladi. Ochko olishga harakat qilamiz. O‘zbekistonni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Hali bor potentsialimizni ro‘yobga chiqarishga ulgurmadik. Umid qilamanki, mening jamoam bu safar 100% imkoniyatini ishga soladi, - dedi Singapur terma jamoasi ustozi.

O‘zbekiston va Singapur terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan ertaga 23:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
07/06/2021 01:04
ИншаАллох узбекистон хотиржам ютади биз бунга ишонамиз ва энг яхши ниятларни тилаб коламиз!!!
&
Турсун Ғани
06/06/2021 23:40
Ўзб-Снгапр 5:0 бўлади. Сингапурнинг Япон мураббий номи биз учун ўта ёқимсиз, Лаънатланган Тошимуцу Йошида билан адаш микан. Йошида японларни ҳакамлик савияси пастлигини исботлаган Аблах эди. Ўзб-бахрайн ўйинида фикридан, қароридан қайтган хакам.
&
Dilshodbek shokirjonov
06/06/2021 18:53
Damizni ob qoyibsiz uzbekistan yutadi 4:0