"Siti" - "Real" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma’lum

  • 27 aprel, 2022, 02:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Biroz avval Evropa chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "shaharliklar" 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Mezbonlar safida De Bryuyne, Jezus, Foden hamda Bernardo gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Qirollik klubi" tarkibida Benzema dubl qayd etdi. Shuningdek, Vinisius bir bora raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 

Qayd etish lozim, Bernardu Silva ushbu o‘yinning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi. U bugun bitta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi va "Siti"ning hujumlarida faol ishtirok etdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!