"Siti" "Arsenal" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

"Manchester Siti" "Arsenal" himoyachisi Nunu Tavareshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda "Metro" nashri yozmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, transfer yanvardayoq amalga oshishi kutilmoqda. Tavaresh yozda "Benfika"dan 8 million evro evaziga "kanonirlar" safiga ko‘chib o‘tgandi. 

Joriy mavsum 21 yoshli futbolchi 14ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali Nununi 7 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!