“Siti” Chempionlar ligasida g‘alabaga etaklaydigan hujumchi topganidan xursand
Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti”dagi asosiy vazifasi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish ekani hech kimga sir emas.
“Shaharliklar” rahbariyati o‘zlari kutayotgan hujumchi Lautaro Martines o‘z gollari bilan bu orzuni ro‘yobga chiqarishi mumkinligiga ishonmoqda. Chunki, muhim g‘alaba gollarini urishi kerak bo‘lgan Serxio Aguero asosiy vaqtini jarohatlarini davomlashga sarflayapti. Klub rahbariyati uning holatidan norozi bo‘lmoqda.
O‘z navbatida, Lautaro Martinesga ham “Inter”ning faqat ichki chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgani vaEvropa chempionlar ligasida favorit emasligi yoqmayapti. Shu bois, argentinalik hujumchi milanliklarning yangi kelishuvini qabul qilmayapti.

Fikrlar