“Siti” fanatlari Husanovning avtogoliga qanday munosabat bildiryapti?

  • 17 mart, 05:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya Premer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Brayton” o‘zaro uchrashuvi Abduqodir Husanovning yodidan chiqmaydigan bo‘ldi.

“Etixad” arenasidagi uchrashuvda mezbonlar Erling Xoland va Umar Marmush gollari eqaziga ikki marta hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, jamoalar ochko bo‘lishib oldi.

Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi ikkinchi bo‘lim boshiga – 48-daqiqada Abduqodir Husanov raqib zarbasini qaytarish paytida o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan vaziyatga to‘g‘ri keldi.

“Manchester Siti”ning butun dunyoga yoyilgan muxlislari bu holatni ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilmoqda.

Sports.uz portali muxlislarning avtogolga munosabatini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.

Manlyk Michael:

Husanov – katta talant egasi va yaxshi o‘yinchi. Unga vaqt bering, hali oldinda bundan-da muhim uchrashuvlar kutib turibdi.

Gourango Biswas:

To‘g‘risini aytsak, Husanov hozirgidan ham ko‘proq hurmatga loyiq o‘yinchi. Shaxsan men maqsad sari intiluvchi, bor e’tiborini futbolga qaratgan va shu o‘yinni yaxshi ko‘radigan bunday futbolchini ko‘rmaganman.

 Husanov hammaga futbol maydonda va undan tashqarida qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi, o‘zining tarixini yaratyapti va mehnati bilan nom qozonyapti.

Okeji Ronald:

Husanov “Manchester Siti”ga kelganidan buyon yorqin o‘yinlari bilan hammaning diqqatini o‘ziga tortdi. Uning kreativligi, mahorati va maydonni ko‘ra olish qobiliyati jamoa o‘yinga dinamika olib kirdi. Uning muhim uchrashuvlarga ta’sir o‘tkaza olishi tahsinga loyiq.

Abduqodir, taslim bo‘lma, iste’doding, mehnating albatta samara beradi!

Md Mishkar:

Husanov – katta iste’dod sohibi, biroq o‘ynayotgan jamoasi bo‘lmaydi...

Dave Maes Derbaly:

Husanov hali yosh bo‘lishiga qaramay, himoyalanish qobiliyati ancha kuchli.

Sadic Razak:

Haqiqiy Husanovni Ramazondan keyin ko‘rasizlar. Bu futbolchi hali Evropani zabt etadi.

Siyad Mayow:

Bu yosh futbolchi aslida juda yaxshi himoyachi, biroq “Manchester Siti”da emas, undan katta klublarda o‘ynashi kerak.

Mato Lema:

Husanov – jahon darajasidagi o‘yinchi. Birgina xato uning avvalgi uchrashuvlardagi yuqori ko‘rsatkich va natijalarini yo‘qqa chiqara olmaydi.

Barnabas Omondi:

Bu Husanovning Angliyadagi ikkinchi xatosi. Biroq ikkinchi marotaba ham yanada kuchliroq bo‘lib qaytadi.

Våñ Vìñkå Õrìñå:

Husanov – Evropadagi eng yaxshi himoyachi. Faqat bu mavsum uning uchun zo‘r o‘tmayapti xolos.

Abdallah Ahmad:

To‘p yo‘q joydan unga tegib, darvozaga kirib ketdi.

Haruna Abraham:

Bu holatda Husanov aybdor bo‘lolmaydi. Uchrashuvda Ruben Diash hech narsa qilgani yo‘q. Demak, himoya markazida Husanov va Vitor Reys tandemini o‘ynatish kerak. Husanov hali bor salohiyatini ko‘rsatgani yo‘q. Yangi kelganlardan hali hech birining o‘yini to‘liq ochilib ketgani yo‘q.

Dreny Ice:

Husanov, o‘z darvozasiga gol urmagan himoyachi haqiqiy himoyachi emas!

Sean:

“Manchester Siti” Husanovning karerasini sindirmay, yaxshiroq klubga sotib yuborsin!

Mark Johnson:

Husanov har doim yaxshi o‘ynaydi, futbolda xatolar bo‘lishi tabiiy. Abduqodir o‘sha vaziyatni to‘pni to‘sib qolmoqchi edi. Afsuski, o‘xshamay qoldi. Shunga qaramay, Husanov ayni paytda jamoamizdagi kam sonli eng zo‘r futbolchilardan bo‘lib qolaveradi.

O‘zbek futbolchilaridan kimga ish kerak?

Dovbikni “qo‘rqitib” qo‘ygan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Italiya afsonalari Shomurodovni nega “podderjka” qilyapti?

Husanovga yaxshi yangiliklar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!