“Siti” futbolchi raqib jamoa bilan muzokara boshladi
“Manchester Siti”ning braziliyalik qanot hujumchisi Savio kelasi mavsumni Londonning “Tottenxem” klubida boshlashi kutilyapti.
Bu haqida O Globo xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, “Tottenxem”ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoasining asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida aynan Sevioni tanlagan. Ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi.
Transfer bo‘yicha ekspertlarning ta'kidlashicha, “shaharliklar” 22 yoshli futbolchi uchun taxminan 70 million yevro talab qiladi.
Ayrim manbalar Savioning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida London klubi safiga o‘tishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqatgan edi.
2025-2026 yillgi mavsumda Savio barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Vingerning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar