"Siti" himoyachisini sotuvga qo‘yadi

  • 31.07.2023 05:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Emerik Laport Yoshko Gvardiol bilan shartnoma imzolaganidan keyin sotiladi.

29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "shaharliklar"ning asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushdi. Vaziyat yomonlashishi mumkin. Sababi, klub "Leyptsig"dan markaziy himoyachi Yoshko Gvardiolni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. U "Siti"ning markaziy himoya chizig‘idagi raqobatda Laportdan yuqorida bo‘lishi kutilmoqda. 

"Manchester Evening News" xabariga ko‘ra, ispaniyalik 21 yoshli xorvat bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng darhol transferga qo‘yiladi.

Emerik Laport "Manchester Siti"da 2018 yildan beri to‘p suradi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!