“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi

  • 2 iyul, 17:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni birorta sovrinsiz yakunlagan “Manchester Siti” rahbariyati kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilayotganidan xabaringiz bor.

Tecno

Xosep Gvardiola o‘zi bilan qariyb o‘n yillik yo‘lni bosib o‘tgan tajribali o‘yinchilar bilan xayrlashib, ularning o‘rnini iste’dodli yosh ijrochilar bilan to‘ldirmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, “shaharliklar” yana bir necha yil davomida yuqori maqsadlar uchun kurashadigan yosh va kurashuvchan yangi jamoa tuzyapti.

Shu o‘rinda, klub mutasaddilari kelajagi porloq yosh futbolchilar bilan uzoq yillik hamkorlik o‘rnatishni strategik muhim masala sifatida belgilagan. Ana shu maqsadda, klub 20 yoshli qanot himoyachisi Riko Lyuisga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Ayni paytda “Manchester Siti” tarkibida Abduqodir Husanov, Riko Lyuis, Vitor Reys, Juma Ba, Rayan Ayt-Nuri kabi yosh himoyachilar avlodi jamlangan. Bu o‘yinchilarning barchasi jamoaning yangi loyihasida muhim figuralarga aylanishi kutilmoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” Rikoning agentlari bilan dastlabki muzokaralarni bir necha oy muqaddam boshlab, ularga o‘yinchi bilan yangi bitim tuzish niyatlari borligini aytib qo‘ygan edi. Mana endi bu ishga jiddiy kirishildi.

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola va sport direktori Ugu Viana Riko Lyuisni yangi loyihadagi o‘rnini muhim ekanini ta’kidlamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.

Shunga qaramay, klub mutasaddilari hamkorlikni hozirdan yanada uzoq muddatga uzaytirishni ma’qul topdi.

Riko klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022 yili yozda Xosep Gvardiola iqtidorli himoyachini asosiy tarkibga kiritgan edi. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini “Manchester Siti” bilan bog‘lashga moyil. Agar u yangi bitimni imzolaydigan bo‘lsa, maoshi oshirilishi aytilyapti.

Lyuis o‘tgan mavsumda turli pozitsiyalarda o‘ynay olish qobiliyatini namoyil qildi. U jami 44 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, ikkita gol va beshta assist muallifi ham bo‘ldi.

 

Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!

Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!

Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?

Husanov ko‘z o‘ngida “Manchester Siti” tarixiy rekord o‘rnatdi

Shomurodov kuchayib ketdi...

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!