«Siti» murabbiyi Gvardiola uchun asosiy favorit aniq
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola, agar klub shikoyat yo‘llash natijasida ChLda ishirok etish huquqini qaytarib olmasa, katta ehtimol bilan Angliya klubini tark etadi.
49 yoshli murabbiyni o‘z jamoalari boshqaruvida ko‘rishni juda ham ko‘p klublar xohlamoqda. Bu klublar ichida «Barselona», «Bavariya» va «Pari Sen-Jermen»ni aytishimiz mumkin.
Ammo italyan nashrlari Gvardiola uchun «Yuventus» asosiy davogar ekanligini aytishmoqda. Nashrning fikricha, Gvardiolani jamoaga taklif qilish fikri bir necha yillaran beri kun tartibida turmoqda.

Fikrlar