“Siti” rekord transferga tayyorlanmoqda

  • 27.01.2026 07:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesligada ishtirok etayotgan “RB Leyptsig” jamoasi qanot hujumchisi Yan Diomande faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

 Angliya matbuotining yozishicha, “Manchester Siti” iqtidorli o‘yinchini olish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Bu haqida jurnalist Florian Plettenberg ma’lum qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “RB Leyptsig” 19 yoshli iste’dodi uchun 100 million yevro talab qilmoqda, chunki klubning asl maqsadi — yangi transfer rekordini o‘rnatish.

Hozirgi paytda “RB Leyptsig” tarixidagi eng yirik sotuv Yoshko Gvardiolning 88 million yevro evaziga aynan “Manchester Siti” klubiga o‘tishi hisoblanadi.

Joriy mavsumda Diomande barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Diomandening bozor bahosi 45 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!