
“Siti” supertransferdan voz kechdi
“Manchester Siti” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni olish fikridan voz kechdi. Bunga argentinalik futbolchi milanliklar bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga qaror qilgani haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi.
“Shaharliklar” endi bor e’tiborini “Borussiya” to‘purari Erling Xoland transferiga qaratadi.
Xosep Gvardiola kutayotgan hujumchi uchun “Manchester Siti” rahbariyati 100 million funtdan voz kechishga tayyor. Bu summa dortmundliklarni ham qoniqtiradi. Biroq, norvegiyalik to‘purarga ega bo‘lish uchun “shaharliklar” o‘zaro raqobatda “Barselona”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Chelsi” kabi grand klublarni ortda qoldirishi talab etiladi.
Fikrlar