
“Siti”: 70 million kam!
Frantsiyaning L'Equipe nashri xabar berishicha, PSJ mutasaddilari “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silva transferi bo‘yicha “shaharliklar”ga taklif yubordi.
Unga ko‘ra, parijliklar portugaliyalik futbolchini 70 million evroga qo‘yib yuborishni so‘ragan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Siti” frantsiyaliklarga rad javobini berdi. Chunki https://www.transfermarkt.world portali Silvani 90 million evroga baholagan bo‘lsa-da, inglizlar futbolchini 100 million evro beradigan klubga qo‘yib yuborishini ancha oldin e’lon qilgandi.
Bernardu Silva o‘tgan mavsumda 35 ta uchrashuvda o‘z hisobiga sakkizta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar