Slot "Liverpool"ning transferlari haqida fikr bildirdi

  • 28.01.2026 03:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoani qishki transferlar orqali kuchaytirish imkoniyatlari haqida izoh berdi.

Mutaxassisning aytishicha, muxlislar klubdan chempionlikni kutishadi va u barcha musobaqalarda muvaffaqiyatga erishmoqchi. Shuningdek, murabbiy transferlar bo‘yicha o‘z fikri borligini, lekin uni oshkor qilmasligini qo‘shimcha qildi.

"Biz 450 million funt sarflaganimiz haqida ko‘p gapirildi, lekin odamlar ko‘pincha unutadi. Biz futbolchilarni sotib, 300 million funt ham daromad qilganmiz. Transferlar borasida o‘z rejalarim bor, lekin uni oshkor qilmoqchi emasman", — deydi Slot BBCga.

Ma’lumot uchun, "mersisaydliklar" 23-turdan so‘ng APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!