Sobiq jahon chempioni dekabrda ringga qaytadi

  • 14.07.2017 08:20
  • 0
  • Boks

Ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni britaniyalik Devid Xey Londonda bo‘lgan matbuot anjumanida bo‘lajak rejalari haqida gapirib o‘tdi. U so‘nggi jangini Toni Bellyuga qarshi o‘tkazib, texnik nokautga uchragan edi va shundan so‘ng oyog‘idan operatsiya qilingan.

Men dekabrda ringga qaytaman. Ammo kimga qarshi urushishimni hozircha bilmayman, – deydi Devid Xey.

Shuningdek, bokschining murabbiyi Ismael Salas bo‘lajak jangda eng potentsial raqib Toni Belyu bo‘lishini aytib, revansh jangini tashkil qilishiga harakat qilishini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!