“So‘gdiyona” 11 nafar futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi

  • 18.02.2026 14:21
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan Jizzaxning “So‘gdiyona” jamoasi 11 nafar yangi futbolchini ro‘yxatidan o‘tkazganini ma’lum qildi. 6 nafar futbolchi erkin agent sifatida jamoaga kelib qo‘shilgan bo‘lsa, 2 nafar futbolchi bilan shartnoma uzaytirildi. 3 ta o‘yinchi jamoaga yangi transfer qilindi va 1 nafari ijarа asosida klub safida harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, “bo‘rilar” Superliganing 1-turida “Andijon” maydoniga safar qiladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv 27 fevral kuni 18:45 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!