"So‘g‘diyona" legioneri: "O‘yindan oldin gol urishimni yordamchi murabbiyimizga aytgandim"

  • 25.06.2022 18:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“So‘g‘diyona” klub OFK Kubogining dastlabki turida “Neftchi”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Serbiyalik himoyachi Luka Chermel uchrashuvdagi birinchi gol muallifiga aylandi. Ushbu legioner Sports.uz uchun taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Albatta, bu klub va shahar uchun katta muvaffaqiyat. Biz o‘zimizni eng yaxshi jihatlarimizni ko‘rsatish uchun maydonga tushdik. To‘g‘ri, turnirning birinchi uchrashuvi bo‘lgani sababli biroz qiyin o‘tdi. Biz birinchi bo‘limda extiyotkor bo‘lib o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda esa to‘p nazorati bizda bo‘ldi va o‘yinimiz ham ancha yaxshilandi. Natijada 2:0 hisobida g‘alaba qozondik. Eng asosiysi, turnirni g‘alaba bilan boshlab oldik.

Albatta, uchrashuvdan oldin yordamchi murabbiyimizga bugun gol urishimni aytgandim. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Lekin jamoamning yordamisiz bu ish sodir bo‘lmasdi, - deydi Luka.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!