"So‘g‘diyona" noqulay raqibligini yana ko‘rsatib qo‘ydi

  • 19 mart, 2022, 14:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superliganing 3-turida “Neftchi” mezbon jamoa sifatida Yaypandagi stadionda “So‘g‘diyona”ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan xabaringiz bor.

Tecno

E’tiborli jihati shundaki, oxirgi yillarda “So‘g‘diyona” “Neftchi” uchun noqulay raqibga aylanib qolgan. Statistika shuni ko‘rsatyaptiki, jizzaxliklar farg‘onaliklar uyidagi uchrashuvlarda g‘alabani ilib ketmoqda.

Qizig‘i, 2016 yildan buyon “Neftchi” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ga yutqazyapti yoki durang o‘ynayapti. Aynan o‘sha yili jizzaxliklar 0:1 hisobida yutgan. 2017 yilda esa 1:1 hisobi kuzatilgan. 2018 yilgi mavsumning birinchi davrasida “Neftchi” muxlislari qarshisida 0:2 hisobida engilgan. So‘ng o‘sha yili chempionatda jamoalar ikkiga ajratilgach, Farg‘onadagi bahsda yana “So‘g‘diyona”ning qo‘li baland kelgan – 0:1. Oradan 4 yil o‘tganidan keyin “Neftchi” yana o‘zida ushbu raqibiga mag‘lubiyatga uchradi. Farg‘onaliklar oxirgi marta 2017 yili “So‘g‘diyona” maydonida yagona gol evaziga yutib qaytgan. Ammo mehmondagi bahslarda “So‘g‘diyona” noqulay raqibga aylanganini ko‘rib turibsiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!