"So‘g‘diyona" qachondan yig‘inni boshlashi ma’lum

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini 4 yanvardan Toshkent shahrida olib boradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, poytaxtdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yopiq tarzda olib boriladi. Yig‘in doirasida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi. Shuningdek, yangi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish rejaga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!