Solari bugun "Real" bosh murabbiyi sifatida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi

  • 10.03.2019 10:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid bugun La Liganing 27-turida "Valyadolid" mehmoni bo‘ladi. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ushbu uchrashuv Santyago Solari uchun “qirollik klubi” boshqaruvidagi so‘nggi bahs bo‘ladi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq "Real" rahbariyati uning o‘rniga  portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino va gollandiyalik mutaxassis Klarens Zeedorflar bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu murabbiylar “Real”ni mavsum yakunigacha boshqaradi.

Ma’lumot uchun, "Valyadolid" - "Real" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!