So‘rovnomamiz yakuniga ko‘ra, joriy yilning eng yaxshi bokschi va MMA jangchisi.....?

  • 26 dekabr, 2019, 15:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, saralash bosqichi bilan qo‘shib hisoblaganda bir necha kundan buyon saytimiz orqali “Yilning eng yaxshi havaskor hamda professional bokschisi” bilan bir qatorda “Eng yaxshi MMA jangchisi”ni aniqlash uchun bevosita so‘rovnoma o‘tkazgan edik. Saralash bosqichida muvaffaqiyatli o‘tgan har bir yo‘nalishdagi uch nomzodlarga bevosita Sports.uz saytining Instagram hamda Telegram dagi tarmoqlari ovozlar berish yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumki, saralash bosqichidan havaskor boks yo‘nalishida Bahodir Jalolov, Mirazizbek Mirzahalilov va Shahobiddin Zoirovlar muvaffaqiyatli o‘tib, finalda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Professional bokschilar o‘rtasida esa, finalga Qudratullo Abduqahhorov, Isroil Madrimov va Shohjahon Ergashevlar, MMA borasida Nursulton Ro‘ziboev, Mahmud Murodov hamda Muzaffar Rajapovlar etib kelishgan edi.

Kechadan boshlab, yakuniy bosqichga start berilgan bo‘lsa, so‘rovnoma intixosida natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi.

Havaskor bokschi yo‘nalishida

Bahodir Jalolov – Instagram orqali -338 ta , Telegram sahifasida 3437 ta- jami: 3775 ta ovozga ega bo‘lgan:

Ya’ni, 55%

Mirazizbek Mirzahalilov – Instagram 48 ta, Telegram sahifasida 1878 ta – jami: 1926 ta ovoz yo‘llangan.

Ya’ni, 28%

Shahobiddin Zoirov – Instagram 114 ta , Telegram sahifasida 1004 ta – jami: 1118 ta ovoz yig‘a olgan.

Ya’ni, 17 %

Professional bokschi tanlovida

Isroil Madrimov – Instagram 185 ta , Telegram sahifasida 2332 ta – jami: 2517 ta ovozga ega bo‘lgan.

Ya’ni, 48%

Shohjahon Ergashev – Instagram 230 ta, Telegram sahifasida 1743 ta- jami: 1973 ta ovoz berilgan.

Ya’ni, 38%

Qudratullo Abduqahhorov – Instagram 47 ta, Telegram sahifasida 690 ta – jami: 737 ta ovoz egasiga aylangan.

Ya’ni, 14 %

MMA jangchisi tanlovida

Mahmud Muradov – Instagram 357 ta, Telegram sahifasida 1592 ta - jami: 1949 ta ovozga ega bo‘lgan.

Ya’ni 75%

Nursulton Ro‘ziboev – Instagram 61 ta, Telegram sahifasida 374 ta- jami:435 ta ovoz yig‘a olgan.

Ya’ni, 17%

Muzaffar Rajapov – Instagram  31 ta ovoz, Telegram sahifasida 189 ta - jami: 220 ta ovozga ega bo‘lgan.

Ya’ni, 8%

 Xullas, saytimiz orqali o‘tkazilgan so‘rovnomaga muvofiq ushbu sport yo‘nalishlari bo‘yicha joriy yilning eng yaxshilariga aniqlik kiritildi.

Demak:

“Yilning eng yaxshi havaskor bokschisi”

Bahodir Jalolov!

“Yilning eng yaxshi professional bokschisi”

Isroil Madrimov!

“Yilning eng yaxshi MMA jangchisi”

Mahmud Murodov!

Finalga yo‘l olgan barcha sportchilarimizni, g‘oliblarni saytimiz nomidan muborakbod etamiz va ularga atalgan kamtarona sovg‘alarmizni tez orada topshiramiz. O‘z o‘rnida ushbu so‘rovnomani bee’tibor qoldirmagan, bevosita ishtirok etgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Albatta, bu shunchaki bitta saytning loyihasi xolos. Garchi, muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnoma odatda nisbiy ko‘rinish olsada, lekin sportchilarimizga, murabbiylarimizga o‘ziga xos motivatsiya berishiga ishonchimiz komil... Bu omil esa, navbatdagi ijobiy natijalar uchun qisman turtki bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Emiliano Sala
27/12/2019 01:45
Olg'a Mahmud aka Ufc ni bir titrating.
Alisher Boltayev
26/12/2019 21:39
Nursulton bog'cha bollari bn uriwib yurganku