Spalletti rekord o‘rnatdi

  • 22 yanvar, 2023, 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya A Seriyasining 19-turida “Napoli” safarda “Salernitana” ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, bu g‘alaba “Napoli” bosh murabbiyi Luchano Spaletti uchun A Seriyadagi 276-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa 63 yoshli mutaxassis milliy chempionatlardagi g‘alabalar soni bo‘yicha murabbiylar orasida peshqadamga aylanib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Luchano 2021 yilning yozida “Napoli” bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

“Napoli” A Seriyaning 19-turidan so‘ng 50 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turishibdi. Eng yaqin ta’qibchisi “Milan” bilan oradagi farq 12 ochkoga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!