
"Spartak" bosh direktori transferlar masalasidagi savolga javob qaytardi
"Transferlar oynasi yakuni haqida so‘z yuritadigan bo‘lsam, barchasi yaxshi tugashiga ishonaman. Qaysidir vaziyatlarda muzokaralarni yaxshiroq yakunlashga intildik. Ushbu transferlar oynasida muammolar yuzaga keldi. Futbolchilar bilan telefon orqaligina bog‘lana oldik, yuzma-yuz gaplashishning imkoni bo‘lmadi. Kerak bo‘lgan taqdirda, transferlar oynasi yakunigacha, yana futbolchilar olib kelinishi mumkin. Ammo hozirgi tarkib ham ko‘p narsalarga qodir.
Jamoa ko‘proq ochko yig‘ishda davom etishi kerak. Kuchayishdan to‘xtamaymiz, bu borada ish olib bormoqdamiz", - dedi Shamil Gazizov.
Fikrlar