
“Spetsiya” hujumchini saqlab qoladigan bo‘lyapti
Angolalik hujumchi Mbala Nzola “Spetsiya”ning asosiy quroli hisoblanadi. 26 yoshli hujumchi joriy mavsumda Italiya chempionatida 12 ta to‘p kiritib, shaxsiy rekordini o‘rnatdi.
Nzola jamoasining 60 foiz gollarida ishtirok etdi. Uning samarali o‘yini jamoani xavfli hududdan besh ochkoga yuqorida ushlab turibdi.
Klub rahbariyati jamoada to‘rtinchi mavsumini o‘tkazayotgan Nzolani saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Agar jamoa A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolsa, hujumchiga yangi shartnoma taqdim etiladi.
Mbalaning hozirgi kelishuv 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Klub futbolchining agentlarini yangi shartnoma tuzish rejasi haqida ogohlantirgan.
Shuningdek, jamoa mutasaddilari agar Nzolaga boshqa klublardan yaxshi taklif tushadigan bo‘lsa uni qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar